“Partizan” Toshich bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2017
Serbiyaning “Partizan” klubi SSKA jamoasi sobiq yarim himoyachisi Zoran Toshichni o'z safiga qo'shib oldi.

Belgrad klubi rahbariyati Toshich bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bu ma'lumotni “Partizan” klubi matbuot xizmati ham tasdiqladi. Shu yil yozda futbolchi ozod agentga aylangan edi.

Ma'lumot uchun, 30 yoshli Zoran o'tgan mavsumda SSKA safida o'ynab, Rossiya chempionatining 24 ta uchrashuvida maydorga tushgandi. Ana shu uchrashuvlarda u bor yo'g'i bitta to'p kiritib, 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: