

O'yinning 58-daqiqasida, hisobda "Panatinaikos" 1:0 hisobida oldinda bo'lgan paytda tribunadan pivo bankasi uloqtirildi va u PAOK bosh murabbiyi Vladimir Ivichning boshiga tegdi. Uchrashuv to'xtatildi, murabbiy esa tekshiruv uchun shifoxonaga olib ketildi.
Ma'lum bo'lishicha, Gretsiya Superligasi rahbariyati "Panatinaikos"ga texnik mag'lubiyat yozdi (0:3). Shu bilan birga klubdan 3 ochko olib qo'yldi.
Bundan tashqari, "Panatinaikos" 41,5 ming evro jarima to'laydi.



