

Manbaning xabar berishicha, 24 yoshli ingliz futbolchisi 2026 yilning yozida "Old Trafford"ga o'tishi mumkin. Agar "Manchester Yunayted"ning qiziqishi saqlanib qolgan bo'lsa, u muzokaralarga tayyor.
MYU hali qaror qabul qilmagan, chunki hozirda tarkibdagi boshqa poziciyalar ustuvor vazifa hisoblanadi.
2025/26 yilgi mavsumda formasida pasayish kuzatilgan Palmer 30 o'yinda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2033 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 110 million evroga baholamoqda.



