

Vest Xem futbolchisi 12 mart kuni APLning navbatdagi turi doirasidagi o'yinda akasining tug'ilgan kuniga sariq kartochka sovg'a qilgan. Bu haqida futbolchining yaqinlari ma'lum qilgan. O'sha kuni Paketa 70-daqiqada Aston Villa futbolchisiga ataylab qo'pollik ishlatgan va sariq kartochka olgan. Buning natijasida yarim himoyachining akasi yaxshigina pul ishlab olgan.
Agar tekshiruvlar ijobiy natija bersa, braziliyalik futbolchi uzoq muddatga futboldan chetlatiladi.



