O'zPFL-2015ning ramziy terma jamoasi bilan tanishing!

Nadirkhuja Yuldashev
31 dek 2015, 11:15
2015 yil yakuniga yetishiga 1 kun qolganida biz Sizlarga O'zPFLda joriy mavsum o'zini har tomonlama ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'tiboringizga havola etamiz.

Unga ko'ra, chempion "Paxtakor" va kubok sohibi "Nasaf" klublaridan uch nafardan nomzod yakuniy tarkibdan joy oldilar.

Nemanya Yanichich yurtimizdagi faoliyatining ilk mavsumini o'zidayoq o'zini yaxshi tomonlama ko'rsata oldi. Undan tashqari Shoahmedov ham mavsum kashfiyoti bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Bunyodkor", "Olmaliq", "Neftchi" va "Qizilqum" jamoalaridan ham bir nafardan futbolchilar ramziy terma jamoadan o'rin oldilar.


Demak, yangi yil "Archasi" quyidagicha ko'rinish oldi:

Darvozabon: Eldor Suyunov ("Nasaf")

Himoyachilar: Dilyorbek Ermatov ("Neftchi"), Nemanya Yanichich ("Lokomotiv"), Sherzod A'zamov ("Nasaf"), Akmal Shorahmedov ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar: Kaxi Maxaradze ("Paxtakor"), Sanjar Shoahmedov ("Lokomotiv"), Shavkat Salomov ("Olmaliq"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Igor Sergeev ("Paxtakor"), Baxritdin Vahobov ("Qizilqum")

Murabbiy: Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf").



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia