Osiyo Futbol Konfederatsiyasi har yili ananaviy tarzda bo'lib o'tadigan OFK Prezidenti Kubogi bahslarining bu yilgi final bosqichi o'yinlariga tayinlangan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi. Unga ko'ra, ikki nafar o'zbekistonlik hakamlar mazkur o'yinlarni boshqarish uchun OFKdan taklif olishdi. O'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev mazkur musobqada bosh hakam sifatida ishlasa. FIFA laynsmeni Ruslan Serazetdinov qanot hakam sifatida Prezident Kubogi musobaqasida Tantashevga yordam beradi.
Ma'lumot uchun 22-26 sentyabr kunlari Shri-Lanka poytaxti Kolombo shahri mezbonlik qiladigan mazkur musobaqa final bosqichida jami 6ta jamoa ishtirok etadi - Shayx Rassel (Bangladesh), Shri-Lanka Eir (Shri Lanka), NTTU Ashhobod (Turkmaniston), Rimyongsu (KXDR), Manang (Nepal) va Erchim (Mo'g'uliston).
OFK Prezidenti Kubogi-2014 final bosqichida ishtirok etadigan barcha 6ta jamoa 2015 yilgi mavsumda OFK Kubogi saralash o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadilar.