O'zbekistonlik ayol hakamlar qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 saralash bosqichida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2016
O'zbekistonlik FIFA referisi Anna Sidorova va hakam yordamchisi Zilola Rahmatova qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 saralash bosqichida ishlaydi.

Qizlar o'rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 saralash bosqichi 2016-yilning 20–24 dekabr kunlari Myanmaning Yangon shahrida bo'lib o'tadi.

Anna Sidorova va Zilola Rahmatova saralash bosqichining “S” guruhidan o'rin olgan bellashuvlarida ishlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com