O'zbekiston U-23 - Iroq uchrashuviga muxlislarni taklif qilamiz
Narzulla Saydullayev
21 iyul 2016, 11:37
Bugun O'zbekiston U-23 terma jamoasi "Jar" stadionida Iroq terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Iroq terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Mazkur bahs soat 18:00da boshlanadi. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz. O'yinga kirish bepul.