O'zbekiston U-20ning Jahon Chempionatidagi raqibi Yangi Zelandiyani mag'lubiyatga uchratdi

Aslanov Jasurbek
21 may 2015
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Jahon Chempionati guruh bosqichidagi raqiblaridan biri - Gonduras mundial mezboni Yangi Zelandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq Yangi Zelandiya yoshlar terma jamoasi hisobni ochgan bo'lsalar-da, Gondurasliklar birinchi taym yakuniga qadar uni tenglashtira oldi. 

O'yinning 63-daqiqasida esa Gonduras Albert Elisning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olib, uchrashuv yakuniga qadar uning o'zgarmasligini taminlay olishdi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 Jahon Chempionatida o'zining dastlabki uchrashuvini aynan Gondurasga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 9:00da boshlanadi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com