O'zbekiston U-20 ertaga “Oqtepa” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
14 may 2015
Yangi Zelandiyada bo'lib o'tadigan Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston U-20 ertaga, 15 may kuni Toshkentning “Oqtepa” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O'yin “Jar” stadionida, 17:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, yoshlar o'rtasidagi Jahon Chempionati 30 may kuni start oladi. Ravshan Haydarov jamoasi Yangi Zelandiyaga 20 mayda jo'nab ketadi.

18 may kuni, 12:00da esa Ravshan Haydarov hamda jamoa yarimhimoyachisi Javohir Sohibov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com