O'zbekiston U-19 termasi Dushanbe shahrida ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
1 noya 2017, 07:56
Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston U-19 terma jamoasi 31 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga yetib keldi va ilk mashg'ulotlarni o'tkazdi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mashg'ulotlarni “Pomir” stadioniga tegishli mashg'ulotlar maydonida o'tkazdi. Terma jamoa a'zolari asosan tiklanish va chigalyozdi mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Takidlash joiz, saralash uchrashuvlari Hisor shahridagi yarim tabiiy va yarim sun'iy qoplamali maydonda o'tkaziladi. Mashg'ulotlar ham aynan shunday qoplamali maydonda o'tkazildi.

Eslatib o'tamiz, Aleksandr Mochinov jamoasi saralash bahslarini 2 noyabr kuni Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com