O'FF Terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga ko'ra tomonlar o'zaro kelishuvga erishgan va iyul oyi boshida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Vengriyadagi o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida Vengriya U-19 yoshlariga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-19 terma jamoasi 2 iyul kuni Toshkentda yig'iladi va 4 kunlik mashg'ulotlardan so'ng 6 iyul kuni Vengriya poytaxtiga uchib ketadi. Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Vengriya U-19 yoshlariga qarshi 8 va 11 iyul kunlari o'rtoqlik-nazorat o'yinlarini o'tkazadi. Ikkala o'yin ham Budapeshtdagi Global Sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, 21 iyun kuni O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi va unga ko'ra Ravshan Haydarov O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Shu tariqa, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi ilk yig'inini 2 iyul kuni boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, 1995 va undan keyingi yillarda tug'ilan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi shu yilning oktyabr oyida Myanmada bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati final bosqichida ishtirok etadi.