O'zbekiston U-18 termasi Belarus yoshlariga imkoniyatni boy berdi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2017
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Belarus poytaxti Minsk shahrida navbatdag'i o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazmoqda. Yig'in doirasida ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish rejalashtirilgan edi.

O'zbekiston yoshlar termasining dastlabki o'rtoqlik uchrashuvi kecha, 17 iyun kuni Belarus U-18 termasiga qarshi bo'lib o'tdi. ABFF Training Center maydonida bo'lib o'tgan bellashuvda belaruslik futbolchilar 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Jamoalar o'rtasidagi navbatdagi o'rtoqlik o'yini ertaga, 19 iyun kuni o'tkaziladi.  

Eslatib o'tamiz, mazkur o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston U-18 terma jamoasi uchun 2018 yili bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari Tojikistonda bo'lib o'tadi.

O'rtoqlik uchrashuvi
Minsk, Belarus
17 iyun, shanba

Belarus U-18 – O'zbekiston U-18 - 3:1 (0:0, 3:1)

Gollar:
Xlebosolov (52, 57), Vasilevich (80) – Jahongir Abdusalomov (67)

Belarus U-18
: Egor Davidenko, Vladislav Malkevich, Nikita Batsman, Maksim Myaklim, Vladislav Glinskiy, Andrey Pilinovec, Artyom Petrenko, Egor Lamun, Evgeniy Sakuta, Miroslav Xlebosolov, Kirill Ermakovich.
Zaxira: Kirill Kotov, Ilya Juner, Aleksey Smirnov, Vladimir Starostin, Maksim Kavel, Aleksandr Ksenorantov, Ilya Semo, Ilya Vasilevich.

O'zbekiston U-18: Umidjon Ergashev, Dilshod Saidov, Ibrog'im Yo'ldoshev, Rasul Yo'ldoshev, Nodirbek Kuybokov, Suhrob Izzatov, Boburjon Asqarov, Kamron Saidazimov, Islom Kenjaboev, Jahongir Abdusalomov, Abubakir Mo'ydinov.
Zaxira: Javohir Qilichev, Akmal Mozgovoy, Asadbek Sobirjonov, Abbosbek Sumakulov, Sanjar Zokirov, Georgiy Ahmedov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com