O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025
Bugun Askar Xalmuratov boshqaruvidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishadi.

1 martdan boshlab yig'inning ikkinchi qismi Doha shahrida davom etadi. Yoshlarimiz 3, 5-mart kunlari "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Bosh murabbiy tomonidan tarkibga jalb etilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing.

Darvozabonlar - Bogdan Odinaev ("Bunyodkor"), Zayniddin Yusupxonov ("Lokomotiv"), Shoyatbek Ravshanov ("Andijon" FA).

Himoyachilar - Diyor Ermanov ("Paxtakor"), Ozodbek Ibodullaev ("Paxtakor"), Muhammadali Qodirjonov ("Bunyodkor"), Samandar Iskandarov ("Chig'atoy"), Jasur Umarov ("Oqtepa"), Saddam Ahmadov ("Olimpik"), Muhammadali Dilshodbekov ("Andijon"), Ozodbek Najmiddinov ("Nasaf"), Muhammadqodir Rasuljonov ("Neftchi"), Diyor Qo'shmatov ("Paxtakor").

Yarim himoyachilar - Alisher Shukurov ("Bunyodkor"), Shahobiddin Po'latov ("Bunyodkor"), Muhammadali Qodirjonov ("Bunyodkor"), Fazliddin Omonkeldiev ("So'g'diyona"), Raul Jeparov ("Bunyodkor"), Jasur Jumaboev ("Lokomotiv"), Feruzxon Zokirov ("Nasaf"), Orzibek Turg'unov ("Bunyodkor"), Quvonch Abraev ("Lokomotiv"), Sayiddin Mavlonov ("Lokomotiv"), Sirojiddin Jumadillaev ("Oqtepa"), Ametxan Adjisaliev ("So'g'diyona").

Hujumchilar - Diyor Tojiboev ("Olimpik-MobiUz"), Muslim Habibullaev ("Oqtepa").



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати