O'zbekiston U20 termasi Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'ldi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2025, 20:57
Bugun Qatardagi "Aspire" maydonida O'zbekiston U20 termasi Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynadi.

O'yinda arablarning kichik hisobdagi g'alabasi kuzatildi, 1:0. Yagona gol 8-daqiqada Saad Haqavi tomonidan kiritildi.

Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 1:0

Gol: Saad Haqavi (8).

O'zbekiston - Muhammadyusuf Sobirov, Narimon Ahmadjonov, G'iyosjon Rizaqulov, Dilshod Abdullaev, Ravshan Hayrullaev, Azizbek To'lqinbekov, Rustambek Fomin, Daler Tuxsanov, Asilbek Jumaev, Amirbek Saidov, Ollobergan Karimov.

Zaxiradan tushganlar: Murkaev, Qurbonov, Mirqodirov, Reimov, Jumatov, Fayzullaev, Komilov, Saidnurullaev, Zohidov, Abduhalilov, Ibraimov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ufa.uz