O'zbekiston U-17 termasi Malayziyada yig'in o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
30 may 2023, 11:50
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi U-17 Osiyo Kubogi oldidan Malayziyada so'nggi tayyorgarlik yig'inini o'tkazadi.

Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari yig'in doirasida malayziyalik tengdoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Bahslar 6 va 8 iyun kunlari bo'lib o'tadi. 


6 iyun

Malayziya – O'zbekiston 


8 iyun

Malayziya – O'zbekiston  


Ma'lumot uchun, Tailand mezbonligidagi Osiyo chempionati 15 iyunda boshlanadi. O'zbekiston o'smirlar termasi musobaqa "D" guruhida Yaponiya, Hindiston va Vetnamga qarshi bahs olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати