O'zbekiston U-17 terma jamoasi yopiq formatda yig'in o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
2 may 2025, 14:58
Islom Ismoilov boshqaruvidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi ertadan o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

O'smirlar terma jamoasi Toshkent viloyatida 3 may kunidan mashg'ulotlarni boshlaydi. Oldinda turgan muhim musobaqa - FIFA U-17 Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rish, yosh futbolchilarning bor e'tiborini mashg'ulotlarga qaratishni taminlash maqsadida yig'in yopiq formatda tashkil etiladi. Mashg'ulot jarayonlari O'FA rasmiy sahifalari orqali yoritib boriladi.

Darvozabonlar: 1.Ibrohim Shokirov, 12.Bahodir Izboskanov, 21.Nematulloh Rustamjonov.

Himoyachilar: 2.Hojiakbar Botiraliev, 3.Muhammad Hakimov 4.Mo'minxon Bahodirxonov, 5.Amirxon Murodov, 6.Miraziz Abdukarimov, 14.Behruz Saidmurodov, 15.Muhammadali Musaxonov, 23.Dilyorbek Mahmudjonov.

Yarim himoyachilar: 7.Sadriddin Hasanov, 8.Akbar Muhammadov, 10.Muhammad Habibullaev, 11.Sayfiddin Sodiqov, 13.Abdulloh Fazliddinov, 16.Azizbek Abdumo'minov, 17.Jamshidbek Rustamov, 18.Abubakir Shukurullaev, 19.Azizbek Erimbetov, 22.Faridjon Abdullaev.

Avvalroq ushbu yig'in haqida xabar bergan edik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати