O'zbekiston U-17 shu oyda Fransiya, Belgiya va Shotlandiya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2018, 15:06
Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o'tkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu safar oldidan terma jamoamiz 3 oktyabr kuni “Chig'atoy” sport bazasida yig'inga kirishadi. 3 oktyabrdan 7 oktyabrgacha davom etadigan yig'inda O'zbekiston U-17 terma jamoasi “Lokomotiv” klubining o'rinbosarlariga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi.
 
Malagada bo'lib o'tadigan musobaqada O'zbekiston U-17 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Fransiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so'nggi o'yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
 
Xalqaro musobaqa
Malaga, Ispaniya

10 oktyabr Fransiya U-18 – O'zbekiston U-17
13 oktyabr O'zbekiston U-17 – Belgiya U-18
15 oktyabr O'zbekiston U-17 – Shotlandiya U-18


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz