O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi BAAda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2014
Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazish uchun 19 aprel kuni BAAning Dubay shahriga jo'nab ketadi.
20-26 aprel kunlari oralig'ida o'tkaziladigan yig'in davomid Olimxo'jaev shogirdlari BAA U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. BAAlik o'smirlarga qarshi o'yinlarning dastlabkisi 22 aprel kuni o'tkazilsa, oradan ikki kun o'tib terma jamoalar o'zaro ikkinchi uchrashuvda maydonga tushadilar.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasi shu yilning 6-20 sentyabr kunlari Tailand mamlakati mezbonlik qiladigan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida ishtirok etadi. Qur'a natijalariga ko'ra, Olimxo'jaev shogirdlari musobaqaning S guruhida Kuvayt, Nepal va KXDR o'smirlariga qarshi maydonga tushadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com