O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaga qarshi to'p suradi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2018
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaning Kolombo shahrida o'tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ishtirokini davom ettiradi.

Eslatib o'tamiz, Ilxom Xanjariev shogirdlari birinchi turda Iordaniya bilan 0:0 hisobida durang o'ynashgan bo'lsa, ikkinchi turda Guam ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
 
Bugun terma jamoamiz vakillari musobaqa mezboni – Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Terma jamoamiz ko'k rangli libosda to'p suradi.
 
O'yin Kolombo shahridagi SR&FC Grounds o'yingohida Toshkent vaqti bilan 14:30 da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz