O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2018
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida qatnashish uchun Kolombo shahriga jo'nab ketgani haqida xabar berib o'tgan edik.

Ilhom Xanjariev boshchiligidagi O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Toshkent-Kuala-Lumpur-Kolombo yo'nalishi bo'ylab Shri-Lankaga yetib bordi va “Galadary” mehmonxonasiga joylashdi. Terma jamoa bugun safardan keyingi chigalyozdi mashqlari bilan cheklansa, ertadan boshlab to'liq mashg'ulotlar kun tartibidan joy oladi.
 
O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasining Osiyo chempionati dastlabki saralash bosqichidagi uchrashuvlari sanasi quyidagicha:
 
15 sentyabr, soat 10:30
Iordaniya – O'zbekiston
 
19 sentyabr, soat 10:30
O'zbekiston – Guam
 
21 sentyabr, soat 14:30
O'zbekiston – Shri-Lanka
 
23 sentyabr, soat 14:30
Xitoy – O'zbekiston
 
Izoh: O'yinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz