

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi jamoa Belarus, Yaponiya va Polsha o'smirlariga qarshi bahs olib boradi. Barcha uchrashuvlar “JAR” stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Quyida musobaqa taqvimi bilan tanishish mumkin:
1 iyun
10:00 O'zbekiston U-15 - Yaponiya U-15
18:00 Belarus U-15 - Polsha U-15
3 iyun
10:00 Belarus U-15 - Yaponiya U-15
18:00 O'zbekiston U-15 - Polsha U-15
5 iyun
10:00 Polsha U-15 - Yaponiya U-15
18:00 O'zbekiston U-15 - Belarus U-15
Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-15 terma jamoasi shu yilning 17–23 aprel kunlari Armaniston poytaxti Erevan shahrida o'tkazilgan Development Cup–2017 xalqaro turniri g'olibiga aylangandi.



