O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
4 iyun 2023, 19:14
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati "CAFA NATION'S CUP" turniri uchun jalb qilingan futbolchilar ro'yxatini taqdim etdi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U20 terma jamoasi safida JCHda ishtirok etgan Abduqodir Husanov va Abbosbek Fayzullaevlar ham kattalar terma jamoasidan chaqiruv olishdi.

Ro'yxatdan joy olgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar

Abduvohid Ne'matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev (OKMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")


Himoyachilar

Ibrohim Halil Yuldashev ("Nijniy Novgorod"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Abduqodir Husanov ("Energetik-BGU"), Xojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Alibek Davronov ("Nasaf"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev (OKMK), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Dilshod Saitov ("Paxtakor").


Yarim himoyachilar

Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Abbosbek Fayzullaev ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Fatix Karagumruk"), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Oston O'runov ("Navbahor"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Jamshid Iskanderov ("Navbahor"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor"), Jamshid Boltaboev ("Navbahor"), Xojimat Erkinov ("Torpedo").


Hujumchilar

Jasur Yaxshiboev ("Navbahor"), Eldor Shomurodov ("Speciya"), Bobir Abdixoliqov ("Ordabasi"), Igor Sergeev ("Tobol").



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi "CAFA Nation's Cup" turnirini 11 iyun kuni Ummonga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia