

Denis Ivankov birinchi davradan so'ng farg'onaliklar bilan xayrlashgan edi. Murabbiy ayni paytda o'z bilimlarini mustahkamlash, tajribasini yanada oshirishga bel bog'lagan. Shu bois u keyingi xaftada Chexiyaning "Sparta" klubiga amaliyot o'tash uchun yo'l oladi.
Ma'lumot uchun, Denis Ivankov faoliyati davomida "Kimyogar", "Mashal", "Knyaja" (Ukraina),"Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi", O'zbekiston terma jamoasida faoliyat olib borgan. Farg'ona klubi uning oxirgi ish joyi bo'lib turibdi.



