O'zbekiston MTJning Urugvaydagi mashg'ulotidan quvnoq FOTOMAQOLA

Tolibjon Qosimov
5 iyun 2018, 11:12
O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Urugvay bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Uchrashuv aslida 7 iyunga belgilangan, lekin o'yinning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 8 iyun kuni tong saxar 4:00ga to'g'ri keladi.

Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz Montevideo shahrida kecha navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi. O'FA matbuot xizmati ana shu mashg'ulotdan suratlarni chop etdi. Biz esa ana shu suratlarni kichik hazil izohlar bilan e'tiboringizga havola etamiz.

Yigitlarning kayfiyati a'lo darajada ekanligini suratlardan ham bilib olsa bo'ladi.


- Yigitlar, biroz yugurganimizdan keyin qizib ketamiz. Salqin havo bilinmaydi.

"Nasaf"ning 19 yoshli darvozaboni Umidjon Ergashev uchun bu yig'in ulkan maktab bo'layotgani shubhasiz.


Poroxli bochkadan uchirilgan Botirali.

- Rustam, ehtiyot bo'l. Chivin yoki Pashsha "zapravka" qilib ketmasin :)


- Doston, shu Urugvayga ham Janubiy Koreya U23ga urgan golimdan bitta takrorlamoqchiman.

O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovdan ajoyib kadr.


- Eldor, "limonad" qale ekan?


JIB triosi ;)


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати