O'zbekiston MTJ sobiq futbolchisi "Bunyodkor"da ish boshladi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2025, 12:58
Yaqinda futbolchilik faoliyati bilan xayrlashgan Sanjar Tursunov "qaldirg'ochlar" murabbiylaridan qatoriga qo'shildi.

Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, u "Bunyodkor" selekcioner murabbiyiga aylangan.

"Faoliyatini yakunlagan tajribali futbolchi Sanjar Tursunov "Bunyodkor" klubida selekcioner sifatida ish boshladi", – deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Sanjar Tursunov O'zbekiston terma jamoasi safida 51 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Faoliyati davomida Rossiya, Qatar, Ukraina, Janubiy Koreya klublarida legioner sifatida, shuningdek, mahalliy OKMK, "Lokomotiv", "Bunyodkor" jamoalarida faoliyat yuritgan. 2012 yilda O'zbekistonda yil futbolchisi deb topilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia