

19 mart kuni Srechko Katanets ushbu turnirga kimlarni chaqirgani e'lon qilingan edi.
O'zbekiston MTJning "Navruz Cup-2022" uchun tarkibi e'lon qilindi
Biroz avval O'FA matbuot xizmati terma jamoa tarkibida o'zgarish ro'y berganini ma'lum qildi.
"AGMK" futbolchisi Akrom Komilov jarohati borligi sababli O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida qatnasha olmaydigan bo'ldi. Murabbiylar shtabi uning o'rniga "Navbahor" klubi himoyachisi Rustam Ashurmatovni terma jamoaga jalb etdi.
O'zbekiston MTJning "Navruz Cup-2022" uchun tarkibi
Darvozabonlar: Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor"), Umidjon Ergashev ("Nasaf");
Himoyachilar: Farrux Sayfiev ("Paxtakor"), Umarbek Eshmurodov ("Nasaf"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Dilshod Saitov ("Nasaf"), Rustam Ashurmatov ("Navbahor"), Sherzod Nasrullaev ("Nasaf"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Abdulla Abdullaev (AGMK), Husniddin Aliqulov ("Nasaf");
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Aziz Turg'unboev ("Paxtakor"), Otabek Shukurov ("Sharja", BAA), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Al Sailiya", Qatar), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nasr", Saudiya Arabistoni), Javohir Siddiqov ("Qo'qon-1912"), Sardor Sobirxo'jaev ("Paxtakor");
Hujumchilar: Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston), Shahzod Temirov ("Persipolis", Eron), Azizbek Amonov ("Istiqlol", Eron), Eldor Shomurodov ("Roma", Italiya).

Eslatib o'tamiz, terma jamoa a'zolari bugun, 21 mart kuni Toshkentda yig'ilib, tibbiy ko'rikdan o'tishadi. 23 mart kuni Namangan shahriga yo'l olish rejalashtirilgan.



