O'zbekiston MTJ a'zosi "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi

Khoja
29 iyul 2025
"Paxtakor" yozgi transfer oynasida yana bir O'zbekiston MTJ a'zosi bilan shartnoma imzoladi.

"Sivasspor" bilan shartnomasi yakunlangan Azizbek Turg'unboev "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, Turg'unboev uchun "Paxtakor" begona emas. Yarim himoyachi Turkiyaga yo'l olishidan oldin 4 yil "sherlar" libosida harakat qilgandi. U "Paxtakor" safida 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va yana 14 ta golga assist bo'lgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia