O'zbekiston MTJ asosiy futbolchisi Qatar va KXDR bilan o'yinlarda maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
10 noya 2024, 15:00
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga 11 noyabr kuni Doxa shahrida yig'in boshlaydi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Oston O'runov jarohat tufayli noyabr oyidagi o'yinlarda ishtirok eta olmaydi. 

Ma'lumot uchun, Oston oktyabr oyidagi Eron bilan bahsda jarohatini yangilab olgan va "Persepolis"ga jarohat bilan qaytgandi. 

E'tiborlisi kecha O'runov Eron chempionati doirasida "Gol Goxar"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia