O'zbekiston kubogi. Bugun "Bunyodkor" - "Dinamo" uchrashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
31 iyul 2017, 08:07
Bugun O'zbekiston kubogi yarim final bahslari start oladi.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi yarim finalning ilk uchrashuvini o'z uyida "Dinamo"ga qarshi o'tkazadi. 2 avgust kuni esa "Lokomotiv" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston kubogi-2017. 1/2 final
Dastlabki o'yin. 31 iyul (dushanba)
Bunyodkor (Toshkent) – Dinamo (Samarqand)
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), R. Nugmanov (Toshkent), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia