O'zbekiston futbol associaciyasi OFK murabbiylik konvenciyasining Pro darajasi va OFK Elite Youth dasturining 3 yulduzli darajasi bilan taqdirlandi

Administrator
1 noya 2023
Qatarda Osiyo futbol konfederatsiyasining yil yakunlariga bag'ishlangan marosimlar bo'lib o'tdi.

O'zbekiston futbol associaciyasi OFK murabbiylik konvenciyasining Pro darajasi va OFK Elite Youth dasturining 3 yulduzli darajasi bilan taqdirlandi. Elite Youth 3 yulduzli darajasi keng doiradagi xizmatlar, yuqori darajadagi infratuzilma hamda muvaffaqiyatli natijalar uchun taqdim etiladi.

Shuningdek, O'zbekistonda murabbiylar uchun OFKning Pro licenziyalarini taqdim etuvchi o'quv-kurslarini davom ettirishga imkon beradigan maxsus diplom topshirildi. Diplomlarni OFK rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifadan O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov qabul qilib oldi.


AdministratorMuallif
Manba: ufa.uz