O'zbekiston ayollar termasi FIFA reytingida 1 pog'onaga ko'tarildi

Narzulla Saydullayev
23 iyun 2017
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) ayollar terma jamoalarining yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 1557 ochko bilan 41-o'rinni band etdi.

Bu avvalgi ko'rsatkichga nisbatan 1 pog'ona yaxshiroq natija bo'ldi. OFKga a'zo terma jamoalari orasida Yaponiya ayollar terma jamoasi 1981 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jahon reytingida Yaponiya hamon 6-pog'onada bormoqda.

Avstraliya ayollar terma jamoasi 1976 ochko bilan Osiyoda ikkinchi (dunyoda ettinchi) bo'lsa, KXDR ayollar termasi 1949 ochko bilan uchinchi (dunyoda o'ninchi) o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston ayollar termasi yuqoridagi terma jamoalardan tashqari Xitoy (1875), Janubiy Koreya (1871), Tailand (1669), va Vetnam (1644) keyin Osiyoda 8-pog'onani egallab turibdi.

Jahon reytingida AQSH ayollar termasi (2118)yana peshqadamga aylanib, Germaniyani (2111) ikkinchi o'ringa tushirib qo'ydi.  Kuchli uchlikka Fransiya (2076) yakun yasadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com