O'zbekiston ayollar terma jamoasi Eronni mag'lub etdi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2025, 17:58
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Milliy futbol markazida Eron bilan navbatdagi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

Unda Kotrina Kulbite shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozondi (1:0). Terma jamoa o'tgan uchrashuvda ham raqibdan 2:0 hisobida ustun kelgandi.

O'zbekiston – Eron 1:0

Gol: Diyora Habibullaeva

O'zbekiston: 1.Maftuna Jonimqulova, 7.Nilufar Qudratova, 10.Diyora Habibullaeva, 11.Maftuna Shoyimova, 16.Zarina Mamatkarimova, 17.Lyudmila Karachik, 19.Nozimaxon Ergasheva, 20.Kamila Zaripova, 21.Leyla Oraniyazova, 22.Sevinch Kuchkarova, 23.Asalxon Aminjonova.

Zaxira: 12.Nilufar Baxtiyorova, 2.Madina Hikmatova, 3.Holida Dadaboeva, 4.Shodiya Tosheva, 6.Dilrabo Asadova, 8.Ilvina Ablyakimova, 9.Feruza Turdiboeva, 13.Zarina Saidova, Valixonova, 15.Umida Zoirova, 18.Dildora Nozimova.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia