O'zbekiston ayollar klublari o'rtasidagi Osiyo chempionatining G'arbiy mintaqa uchrashuvlariga mezbonlik qiladi

Alisher
20 may 2022, 14:14
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ayollar klublari o'rtasidagi turnirga mezbonlik qiladigan davlatlarni e'lon qildi.

Unga ko'ra, G'arbiy mintaqadagi klublar o'rtasidagi turnir yurtimiz maydonlarida o'tkaziladigan bo'ldi.

Ushbu uchrashuvlar 20-26 avgust kunlari bo'lib o'tadi va unda O'zbekiston, Hindiston, Eron va Iordaniyaning jamoalari ishtirok etadi. Sharqdagi turnirda Tailand, Taypey va Myanma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Ikki zona g'oliblari o'rtasidagi final o'yini oktyabr oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz