Yovan Jokich: "Yana 3 ta o'yin va tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz"

Iskandarov Abdulaziz
17 iyun 2024
"Navbahor" yarim himoyachisi Yovan Jokich "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin uchrashuv guvohiga aylandik. "Paxtakor" bilan o'yinlar hech qachon oson o'tmagan. Bunday o'yinlarda bitta vaziyat hamma narsani hal qiladi. Nima ham derdim, o'yin o'tdi, biz esa oldinga qarashimiz kerak. O'ylaymanki, keyingi uchrashuvlarda g'alabani o'zimizniki qilamiz. 

Birinchi davra yakunlanishiga 3 ta tur qoldi. Tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz",- deydi Yovan Jokich. 

Ma'lumot uchun, "Navbahor" keyingi turni 20 iyun kuni o'z maydonida "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia