Ouen Xargrivz: "PSJ Neymar va Kavani bilan CHLdagi har qanday jamoani qo'rqita oladi"

Aslanov Jasurbek
13 fev 2019, 11:45
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Ouen Xargrivz PSJning mankunianlar ustidan qozongan g'alabasi (2:0) haqida fikr bildirdi.

"Ikki yetakchisisiz bunday o'yin ko'rsatish - parijliklar uchun katta muvaffaqiyat.

Mavsum oldidan ular jahon darajasidagi darvozabon Buffon va taktika ustasi Tuxelni olishdi.

Kavani va Neymar safga qaytganida, PSJ Chempionlar ligasidagi har qanday jamoani qo'rqita oladi" - deydi Xargrivz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sport