O'tgan kuni "Arsenal"da maydonga tushgan Edegor Ispaniya Kubogi sovrindoriga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
5 apr 2021
"Real Madrid"ning "Arsenal"da harakat qilayotgan yarim himoyachisi Martin Edegor Ispani Qirol kubogi sovrindoriga aylandi.

Martin Edegor "Real Sosedad" bilan birga Ispaniya Kubogi-2019/20 bosh sovriniga ega chiqqanidan ko'pchilikning xabari bo'lmasa kerak.

Hozirda Londonning "Arsenal" jamoasida ijara asosida to'p tepayotganiga qaramay, norvegiyalik "Real Sosedad" safida o'tgan mavsum Kubokning 5 ta uchrashuvida maydonga tushgandi.

Bu Edegorning faoliyatidagi 4-sovrini. Avvalroq u YCHL bosh sovrinini ikki bor (2015/16, 2016/17) va UEFA Superkubogini (2016/17) "Real Madrid" bilan birga qo'lga kiritgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia