

Bahsning birinchi bo'limi hamyurtlarimizning 2:0 hisobida g'alabasi bilan yakunlandi va ikkala golni ham Oston O'runov kiritdi.
Ma'lumot uchun, Oston O'runov termadagi 9 hamda 10-gollarini urdi.

Bungacha u Maldiv, Kamerun, Tojikiston, Vetnam, Eron, Gonkong, Turkmaniston hamda Qirg'iziston termalari darvozasini ishg'ol qilgandi. Bu uning termadagi ilk dubli bo'ldi.
Misr termasi O'zbekiston bilan o'yingacha bo'lgan 8 o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgandi.



