O'smirlar terma jamoamiz CAFA U-15 turnirida ishtirok etish uchun Dushanbega yo'l oldi

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2021
Xabaringiz bor, O'zbekiston U-15 terma jamoasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o'tkaziladigan CAFA U-15 turnirida ishtirok etadi.

Server Jeparov shogirdlari 10-16 noyabr kunlari poytaxtimizdagi Chig'atoy stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. 

Bugun vakillarimiz Toshkent-Dushanbe havo reysi orqali Tojikistonga yo'l oldilar. 19-23 noyabr kunlari Dushanbe shahrida o'tkaziladigan turnir davomida o'smirlar jamoamiz Eron, Qirg'iz Respublikasi va Tojikiston U-15 terma jamoalari bilan bahs olib boradi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати