Osiyo xabari. Yaponiyalik hujumchi Shveytsariyaga ko'chib o'tdi

10 iyul 2014, 16:10
Yaponiyalik yosh hujumchi Yoichiro Kakitani shu hafta Shveytsariya tomon yo'l oldi.
U “Serezo Osaka”ni tark etib, Shveytsariya chempioni “Bazel” bilan shartnoma imzoladi. 24 yashar hujumchi jahon chempionatida qatnashib, Kolumbiya va Kot-D’Ivuar bilan kechgan bahslarda zaxiradan maydonga tushdi. Bu futbolchi o'tgan yil milliy terma jamoada debyutini nishonlagandi.

Yaxshi bilasiz, “Bazel” Shveytsariyaning eng nomdor klublaridan biri hisoblanadi. Futbolchi Yevropaga yo'l olishidan oldin quyidagi fikrlarni aytib o'tdi: “Men “Serezo”ni yaxshi ko'raman va bu jamoa har doim qalbimda qoladi. Lekin bundan buyon o'zimni boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchiman. Shu bois Shveytsariyaga yo'l olyapman”.

Manba: championat.asia