Osiyo va Okeaniya JCH uchun yo'llanmalarni birlashtirmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2013, 12:45
Reuters axborot agentligining xabariga ko'ra, Osiyo futbol konfederatsiyasi va Okeaniya futbol Konfederatsiyasi Jahon chempionatlari uchun yo'llanmalar sonini birlashtirishga harakat qilishmoqchi.
Bu haqda OFK rahbari shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa kechagi marosim vaqtida aytib o'tdi.

Ayni paytda Okeaniya saralashi g'olibi to'g'ridan-to'g'ri JCHga yo'llanma olmayapti. Yangi Zelandiya mundialga chiqish uchun Shimoliy Amerika vakiliga qarshi o'ynadi. Osiyo qitasi uchun JCHga to'rtta to'liq yo'llanma bor, beshinchi jamoa esa pley-offda ishtirok etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net