Osiyo o'yinlari. O'zbekiston OTJ chorak finalda kim bilan, qachon o'ynaydi?

Narzulla Saydullayev
23 avg 2018
Indoneziyada Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi nimchorak finalda Gonkongni 3:0 hisobida taslim qilib keyingi bosqichga chiqdi.

Terma jamoamiz chorak finalni 26 avgust kuni o'tkazadi. Hozircha raqib ma'lum emas. Bugun bo'lib o'tadigan Eron - Janubiy Koreya uchrashuvi g'olibi chorak finalda O'zbekiston bilan o'ynaydi.

Eron - Janubiy Koreya uchrashuvi bugun soat 17:30da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia