Osiyo o'yinlari. Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'z yurishini boshlaydi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2023
Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini o'tkazadi. Dastlabki raqib Mo'g'uliston terma jamoasi bo'ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, guruhdagi dastlabki o'yinda mezbon Xitoy Mo'g'ulistonni 16:0 hisobida taslim qilgandi.


Osiyo o'yinlari
"A" guruhi, 1-tur
Mo'g'uliston - O'zbekiston

25 sentyabr 2023 yil. Xanchjou, "Linping" stadioni. 16:30 (Toshkent vaqti)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia