Osiyo Kubogi tufayli Son Xyon Min "Tottenxem"ning 5ta uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 dek 2018
"Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xyon Min Janubiy Koreya terma jamoasi safida BAAda o'tadigan Osiyo Kubogiga yo'l oladi.

26 yoshli xavbek 13 yanvar kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'ladigan APL bahsidan so'ng Osiyo Kubogiga yo'l oladi.

Agar Janubiy Koreya turnir finaliga chiqsa, futbolchi "Tottenxem"ning APL, Angliya liga Kubogi va mamlakat Kubogi doirasida o'tkazadigan 5ta bashda ishtirok etmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Standard.co.uk