Osiyo kubogi. Qatar termasi pley-off bosqichiga yo'l olgan ilk terma jamoaga aylandi!

Administrator
17 yanv 2024
Musobaqa mezbonlari guruhdan chiqish vazifasini ikkinchi turdan keyinoq hal qilishdi.

Hozirgina Tojikiston va Qatar terma jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Tojikistonni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Qatar terma jamoasi o'z ochkolarini oltitaga etkazdi va guruhda birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l olishi aniq bo'ldi. Qatarning eng yaqin taqibchisi bo'lgan Xitoy hozirda ikki ochko to'plagan. Guruh bosqichi yakunlanishiga bir tur qolganini inobatga olsak, Qatarni endi hech qaysi terma jamoa quvib o'ta olmaydi.

Shu tariqa, oxirgi turda qanday natija qayd etilishidan qatiy nazar, Qatar terma jamoasi guruhda birinchi o'rinni egallaydi. 

Osiyo kubogi turnir jadvali.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia