Osiyo Kubogi. Musobaqadagi 1000-golga kim mualliflik qildi?
Sherzod Nurmatov
15 yanv 2024, 14:18
Gonkong vakili Filipp Chan Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi BAAga qarshi o'yining 49-daqiqasida darvozani ishg'ol qildi.
E'tiborlisi, ushbu gol turnir tarixidagi yubiley 1000-gol edi. "C" guruhi doirasidagi mazkur uchrashuvda BAA Gonkongni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Endi BAA keyingi turda Falastin bilan, Gonkong esa Eron bilan bahs olib boradi.