Osiyo Kubogi-2019 saralashi. Tojikiston keyingi bosqichda

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2016
Kecha 2019 yilgi Osiyo Kubogi uchun saralash bahslari bo'lib o'tdi.

5ta juftlik o'zaro uy-safar tizimida 3-bosqichga chiqish uchun kurash olib bordi. Kuni kecha javob o'yinlar bo'lib o'tdi. Tojikiston birinchi o'yinda Bangladeshni 5:0 hisobida tor-mor etgandi. Kecha Hakim Fuzaylov boshchiligidagi jamoa safarda 1:0 hisobida zafar quchib keyingi bosqichga yo'llanma oldi. 

Keyingi bosqichga shuningdek Malayziya, Kambodja, Hindiston va Yaman terma jamoalari ham yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Osiyo Kubogi-2019 saralashi
Javob o'yinlari
Timor Leste - Malayziya 0:3
Birinchi o'yin:
0:3

Bangladesh - Tojikiston 0:1
Birinchi o'yin:
0:5

Kambodja - Xitoy Taypei 2:0
Birinchi o'yin
: 2:2

Hindiston - Laos 6:1
Birinchi o'yin:
1:0

Yaman - Maldiv orollari 2:0
Birinchi o'yin:
2:0



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia