Osiyo chempioni bo'lgan O'zbekiston U-17 terma jamoasi a'zolariga mashina sovg'a qilinadi

Sherzod Nurmatov
21 apr 2025
Saudiya Arabistonida o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati qahramoni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi munosib taqdirlanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, prezident sovg'asi sifatida futbolchilarga Chevrolet Cobalt avtomobillari sovg'a qilinadi. Jamoa murabbiylar shtabiga esa Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etiladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun soat 19:20 da Toshkentga yetib keladi.

Avvalroq OFK prezidenti O'zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgani munosabati bilan tabrik yo'llagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Go Sport