Orifxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv" mashg'ulotlariga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
31 yanv 2023
Hujumchi "temiryo'lchilar" safida ko'rinish berdi.

Forvard Orifxo'ja Abduxoliqov Turkiyada yig'in o'tkazayotgan "Lokomotiv" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. U bugungi "Montana"ga qarshi o'rtoqlik bellashuvida "temiryo'lchilar" asosiy tarkibida harakat qilyapti.  



Abduholiqov o'tgan mavsum "Qizilqum" safida harakat qilgandi. U bungacha "Oq-tepa", "Nurafshon", "Zomin" va "Turon" klublarida ham o'ynagan.

Sinov-nazorat o'yini

"Lokomotiv" – "Montana" (Bolgariya)

Antaliya, Lara. 17:30

"Lokomotiv": Abdumavlon Abdujalilov, Maqsudxo'ja A'loxo'jaev, Islom Qobilov, Abdulloh Yo'ldoshev, Mahdi Abduraimov, Sherzodjon Komilov, Orifxo'ja Abduxoliqov, Rustam Soirov, Lazizbek Mirzaev, Marat Bikmaev, Ali Abdurahmonov

Zaxira: Rustam Nortojiev, Oleg Zoteev, Jaloliddin Jumaboev, Javohir Abdualimov, Nurmuhammad Toshpo'latov, Maruf Jumaev, Sanjar Qodirqulov, Anvarjon Alijonov, Shime Jujul, Ivan Solovyov, Boyan Naydenov


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia