"Ordabasi" Evrokuboklardan chiqib ketdi, Abdixoliqov va Umarov maydonga tushdi

Aziz Tukhtamuradov
4 avg 2023
Qozog'istonning "Ordabasi" jamoasi Yevropa Konferenciyalar ligasining saralash bosqichida Polshaning "Legiya" jamoasiga qarshi o'ynadi.

Varshavada kechgan o'yinda mezbonlar 3:2 hisobida g'alabaga erishishdi. Umumiy hisob 5:4 ko'rinishiga keldi. 

Shu tariqa, "Legiya" keyingi bosqichga yo'l oldi. 

"Ordabasi"dagi hamyurtlarimizdan Shahboz Umarov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 46-daqiqada o'rnini Jorjinoga bo'shatib berdi. Bobir Abdixoliqov esa 72-daqiqada Sadovskining o'rniga maydonga tushirildi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia